Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli qaroriga asosan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori Ziyodov Shovosil Yunusovichga 24.00.01 – “Islom tarixi va manbashunosligi” ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berildi. Markaz jamoasi Shovosil Ziyodovni yuksak ilmiy unvon bilan qizgʻin muborakbod etadi. …
BatafsilHadislarni toʻgʻri anglashning oʻziga xos usuli
29-avgust kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, IRCICA vakillari hamda Turkiya va Germaniyadan tadqiqotchilar qatnashdi. Seminarda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro …
BatafsilMarkaz faoliyatining Turkiyadagi taqdimoti
Turkiyaning Anqara shahridagi Islom tafakkuri institutida Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Tatariston ilmiy muassasalari tadqiqotchilari uchun tashkil etilgan malaka oshirish oʻquvi yakunlandi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Ravshan Elmurodov, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlari, Hadis …
BatafsilHADISLARNING BATAFSIL BAYONI (Abu Bakr Muhammad ibn Isʼhoq Gulobodiy asari misolida)
📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) hamkorligida «MARKAZIY OSIYO – ISLOM MADANIYATI VA SANʼATI OʻCHOGʻI» turkumi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro onlayn ILMIY SEMINARga taklif etamiz. 👤 Seminarda Imom Buxoriy nomidagi …
BatafsilBUYUK AJDODLARIMIZ MAʼNAVIY MEROSINI OʻRGANISh VA TADQIQ ETISH jamiyat taraqqiyoti uchun muhim asos boʻlib xizmat qiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan tashkil etilgan “Buyuk ajdodlar merosi — Uchinchi Renessans asosi” mavzusidagi VIII xalqaro kongress 23-avgust kuni Toshkentda boshlanib, shu kunlarda oʻz ishini Samarqandda davom ettirmoqda. Kongressda IRCICA, ISESCO, TURKSOY singari xalqaro tashkilotlar, “Al-Furqon” fondi, …
BatafsilULUGʻ ALLOMALARIMIZNING DUNYO TAMADDUNIDAGI OʻRNI: TAHLIL, TAKLIF VA XULOSA
Mamlakatimizda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyati (WOSCU) tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Buyuk ajdodlar merosi – uchinchi Renessans asosi» mavzuida VIII xalqaro kongress oʻtkazilmoqda. Unda IRCICA, ISESCO, TURKSOY singari xalqaro tashkilotlar, “Al-Furqon” fondi, Xalqaro Turkiy akademiya rahbar va xodimlari, dunyoning 35 …
BatafsilSayyohlik salohiyatining sarafrozi
Ayni kunlarda mamlakatimiz hududlarida oʻtkazilayotgan “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling!” dasturi asosida 21-avgust kuni Samarqandda ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida oʻtkazilgan tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham ziyorat turizmiga …
BatafsilYot gʻoyalardan xoli inson xotirjam boʻladi
Ayni kunlarda Markazda amaliyot oʻtayotgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindorlari Hikmet va Ayshe Gultegin ilmiy izlanishlari taqdimotini oʻtkazdi. “Buyuk soʻfiy va muhaddis, taniqli faqih, mutakallim va faylasuf Muhammad ibn Isʼhoq Gulobodiy hayoti va ilmiy merosi” mavzusida tashkil etilgan taqdimot Abu Bakr Kalobodiyning hayot yoʻli, asarlari va hadis ilmi …
BatafsilMarkaz faoliyati – Malayziya OAV nigohida
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Malayziyaning “RTM” (Radio Televisyen Malaysia) davlat teleradiokompaniyasi ijodiy guruhi “Syahadah” dasturi uchun Oʻzbekiston madaniy merosi va mamlakatimizda ziyorat turizmi haqida yaratayotgan hujjatli filmning Markazga oid qismini tasvirga oldi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik ommaviy axborot vositalaridan sanaladigan Malayziya davlat teleradiokompaniyasining ushbu dasturi “RTM” telekanalida 2006-yildan buyon …
BatafsilTarixni bor haqiqati va butun boʻy-basti bilan gavdalantirish muhim ahamiyatga ega
Avval xabar berilganidek, ayni paytda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan Imom Buxoriy innovatsion muzeyi konsepsiyasini takomillashtirish boʻyicha qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yoʻnalishdagi ishlar joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” nomli forumdan keyin …
Batafsil