Home / YANGILIKLAR (page 20)

YANGILIKLAR

Qoʻlyozmalar tadqiqi sohasiga oid xalqaro seminar boshlandi

Bugun, 29-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Madaniy meros agentligi huzuridagi Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi bilan hamkorlikda “Oʻrta Osiyo qoʻlyozmalari kodikologiyasi elementlari” mavzusida seminar-trening ish boshladi. Unda Fransiyadagi “College de Franse” doktori Mariya Eftimiyu, Fransiya Milliy ilmiy-tadqiqotlar markazi professori Frensis Richard,  Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari, …

Batafsil

Ilmiy merosga zamonaviy nigoh: Markazda xalqaro tadqiqotchilar taqdimoti

Ayni kunlarda Markazda amaliyot oʻtayotgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindorlari Daniyar Issabekov “Hanafiy mazhabining muhim matnlaridan biri – “Hidoya” asariga yozilgan ikki sharhning qiyosiy tahlili” va Xadija Demirji Akyuz oʻzining “Imom Buxoriy va uning “Tarixul kabir” asari: tuzilishi, manbalardan foydalanish va tanqid usuli” mavzusida olib borayotgan ilmiy izlanishlari …

Batafsil

Bugungi ruhiyat: Imom Buxoriy ilmiy-tadqiqot markazi

Quyida Turkiyaning “SANATKıbrıs” gazetasida chop etilgan maqolaning toʻliq tarjimasi keltirilmoqda. Xulosa va taassurotlarni oʻquvchining oʻz hukmiga havola qilamiz.   Niso Yilmaz Ilm ustunlarida yuksalgan sivilizatsiya: Buxoriy davridan bizning kunlargacha  Samarqand… Ipak yoʻlining horgʻin karvonlariga soya bergan minoralari, ilm ustunlarida yuksalgan madrasalari bilan asrlar davomida tafakkur yuragini junbushga solib kelgan maskan. …

Batafsil

“Ilm yelkanlaridagi bir tamaddun: Imom Buxoriy zamonidan bugungi kungacha”

Turkiyada nashr etiladigan “SANATKıbrıs” gazetasining 2025 yil aprel oyidagi 50-sonida eʼlon qilingan buyuk muhaddis Imom Buxoriy va uning ilmiy merosi haqidagi maqola shunday nomlandi. Muallif Niso Yilmaz xonim ulugʻ muhaddisning hayoti, ilmiy merosi va islom ilmlari ravnaqida tutgan oʻrnini keng qamrovda yoritadi. Bunda Imom Buxoriyning ilmga baxshida umri, uning yoshlikda …

Batafsil

Islomda moʻtadillik timsoli – moturidiylik ruhining xalqaro tarannumi

Misrning «Aqidatiy» (Mening aqidam) nomli axborot saytida 22 aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari Otabek Muhammadiyevning «Moturidiylik — moʻtadillik mezoni» nomli maqolasi e’lon qilindi. Yurtimizda islom ma’rifatini chuqur o‘rganish va buyuk ajdodlarimizning merosini keng targ‘ib etish borasidagi sa’y-harakatlar doirasida e’lon qilingan maqolada Imom Abu Mansur Moturidiyning hayoti, …

Batafsil

“Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi yondashuvlar: muammo va yechimlar”

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom instituti tomonidan mamlakatimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalarini mahalliy va xalqaro jamoatchilik orasida keng targʻib qilish maqsadida 24-aprel kuni Toshkent islom institutida shu mavzuda xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi. Onlayn va oflayn tarzda tashkil qilingan anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar qatorida Imom Buxoriy …

Batafsil

Islom sivilizatsiyasi markazida izlanish va yangiliklar

Ayni kunlarda Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirish ishlari jadal surʼatda olib borilmoqda. Markazda tashkil etilgan maxsus shtab doirasida ishchi guruh aʼzolari, nufuzli olimlar va mutaxassislar ishtirokida qizgʻin muhokamalar oʻtkazilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professori Saidakbar Agzamxojayev hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari …

Batafsil

Hududlar kesimida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda

Islom sivilizatsiyasini oʻrganish, uning boy ilmiy va maʼnaviy merosini xalqimizga yetkazish, shu orqali milliy oʻzligimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham davom etmoqda. Bu borada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi alohida faollik koʻrsatmoqda. Xususan, Markaz ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov, Respublika Vazirlar Kengashi raisining turizm va madaniy meros masalalari boʻyicha …

Batafsil

Ilmiy ekspeditsiya Buxoroda:  53 ta loyiha, turkiy tildagi 110 qoʻlyozma asar va 100 dan ortiq artefakt

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey eksponatlarini shakllantirish va boyitish, shuningdek, hududlar kesimida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlarni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Usmonxon Muhammadiyev, Buxoro viloyat hokimligi mutaxassislari, Buxoro Davlat universiteti, Buxoro pedagogika instituti rahbariyati va professor-oʻqituvchilari ishtirokida viloyatga tegishli loyihalar …

Batafsil