Mustaqilligimizning 30 yilligiga munosib tuhfa boʻlgan koʻplab ezgu ishlar istiqlolning naqadar buyuk neʼmat ekanini chuqur anglashimizda muhim omil boʻlayotgani bilan ahamiyatli. Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan oʻzbek tilidagi “Taʼvilot al-Qurʼon” asarining dastlabki 30-juzi dunyo yuzini koʻrgani ham ming-minglab yurtdoshlarimizda bugungi kunlarga shukronalik hissini oshiradi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi …
BatafsilOʻZBEKISTON SOʻZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA
BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida global va mintaqaviy xavfsizlik, COVID-19 pandemiyasi sharoitida barqaror taraqqiyot va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yengib oʻtish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda ragʻbatlantirishning muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekistonning bu boradagi pozitsiyasini mantiqiy jihatdan uchta yirik va asosiy yoʻnalishga ajratish mumkin. Inson tabiatan tinchliksevar etib yaratilgan. …
BatafsilDIQQAT, EʼLON!
Hurmatli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari! Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlikda “JAHON SIVILIZATSIYASI RIVOJIGA ULKAN HISSA QOʻSHGAN 10 BUYUK AJDODIMIZ” deb nomlangan TЕST savollari loyihasini davom ettirmoqda. Ikkinchi TЕST buyuk mutakallim, moturidiylik taʼlimoti asoschisi Imom Moturidiy haqida boʻlib, “Siz Imom Moturidiyni bilasizmi?” mavzuida …
BatafsilDin ishlari boʻyicha qoʻmita delegatsiyasi Rossiyada tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov boshchiligidagi delegatsiyasi Rossiyaga amaliy safar bilan boʻlib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasining Bolgar islom akademiyasi rektori Aynur Timerxanov bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda yurtimizda diniy-maʼrifiy sohada …
BatafsilMarkaz kutubxonasi yana bir nodir qoʻlyozma nusxasi hisobiga boyidi
Ezgu niyatlar bilan barpo etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxonasi fondi kundan-kunga boyib bormoqda. Yaqinda Turkiyaning “Turk dunyosi” parlament jamgʻarmasi direktorlar kengashi raisi, doktor Abdullo Chalishkan rahbarligidagi delegatsiyaning Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi davomida mehmonlar markaz muzeyidagi nodir buyumlar va qoʻlyozma nusxalari bilan yaqindan tanishish barobarida markaz kutubxonasiga …
BatafsilSAMARQANDDA YIRIK XALQARO ANJUMAN BOSHLANDI
Kuni kecha Samarqandda viloyat hokimligi, Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Turkiyaning madaniyat va turizm vazirligi, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining Toshkentdagi vakolatxonasi hamkorligida “Turk dunyosida taʼlim, ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik va oʻzaro taʼsir” mavzuida xalqaro ilmiy simpozium ish boshladi. Unda Samarqand Davlat Universiteti, Qozogʻiston, Moldova va Turkiyaning qator nomdor universitetlari professor-olimlari, oʻqituvchilar, mustaqil …
BatafsilTurkiyalik bir guruh jamoat arboblari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mehmoni
Turkiyaning “Turk dunyosi” parlament jamgʻarmasi Direktorlar kengashi raisi, doktor Abdullo Chalishkan rahbarligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida delegatsiya aʼzolari Markaz muzeyi faoliyati, undagi nodir buyum va qoʻlyozma nusxalari bilan tanishishdi. Shundan soʻng, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rahbariyati va …
BatafsilOʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura, doktorantura va stajor-tadqiqotchilik instituti uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22 maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch doktorantura va doktoranturaga davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun 2022-yil qabul kvotalari tasdiqlandi. Qabul kvotalari Akademiyada faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ixtisosliklar boʻyicha …
BatafsilAbu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik
Mustaqillik yillarida shoʻro davrida bir muddat unutgan koʻplab ulugʻ ajdodlarimizni yaqindan tanidik. Mamlakatimizda Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Margʻinoniy, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning tavallud toʻylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Ammo hali hayoti va ijodi oʻrganilmagan, xalqqa toʻla yetkazilmagan buyuk allomalarimiz ‒ yana qancha! Shulardan biri …
BatafsilImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Turkiyaning nufuzli universiteti biri bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda
Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Turkiyadagi eng nufuzli oliy oʻquv yurtlaridan biri – Anqara Yildirim Boyazid universiteti rektori, professor Ibrohim Aydinli 18 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Mehmon dastlab Markaz muzeyi, unda saqlanayotgan eksponatlar va nodir qoʻlyozmalar bilan tanishdi. Tashrif doirasida Imom Buxoriy xalqaro …
Batafsil