Home / MAQOLALAR (page 44)

MAQOLALAR

OʻzR FA ABU RAYHON BЕRUNIY NOMIDAGI SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI QOʻLYOZMALAR FONDIDAGI TAJVID ILMIGA OID MANBALAR

Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan allomalar, mutafakkirlar va islom ilmlarining bilimdonlari turli islomiy fanlar boʻyicha barakali ijod qilganlar. Tafsir ilmida Abullays Samarqandiy, Abulbarakot Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy; fiqh ilmida Abu Hafsi Kabir, Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Bakr Kosoniy, Ubaydulloh ibn Masʼud ibn Toj ash-shariʼa Buxoriy; kalom va aqida ilmida Abu …

Batafsil

ALISHЕR NAVOIYNING ESTЕTIK MЕROSIDA MILLIY GʻOYA MASALALARINING FALSAFIY TAHLILI

Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan mutafakkirlar ichida oʻzining boy badiiy-estetik merosi bilan kelajak avlodlarga noyob asarlar qoldirgan davlat arbobi, shoir Alisher Navoiyni butun dunyo ahli yaxshi biladi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda shoir badiiy ijodidan bahra olmagan inson topilmasa kerak. Uning boy estetik merosini milliy gʻoya va qadriyatlar bilan uygʻun ravishda oʻrganish borasida …

Batafsil

SIVILIZATSIYALARARO MULOQOTNING FALSAFIY-SINЕRGЕTIK MOHIYATI

Biz globallashuv jarayonlari shiddat bilan rivojlanib borayotgan XXI asrda, sivilizatsiyalar, madaniyatlar, qadriyatlar bir-biriga yaqinlashayotgan, bir-birini anglayotgan, bir-biri bilan musobaqalashayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Masalaning asl mohiyatini oʻz manfaatlari doirasida tushunuvchi ayrim siyosatchilar “sivilizatsiyalar toʻqnashuvi” roʻy bermoqda, deb vahima solishga urinmoqda. Aslida dunyo sivilizatsiyalari endi-endi biri-birini tushuna boshlamoqda. Bu jarayonga qarshilik koʻrsatayotgan …

Batafsil

INSON MAʼNAVIYATINI SHAKLLANISHIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BUYUK XIZMATLARI

Inson qalbini goʻzal qiladigan, insoniylik his-tuygʻularini uygʻotadigan narsa bu – maʼnaviyat. Maʼnaviyat, garchi u barcha odamlarga xos boʻlsa-da, hech oʻzgarmaydigan, doimiy oʻlcham deb boʻlmaydi. Yuksak maʼnaviylik Oʻzbekiston xalqi intilayotgan ustuvor maqsadlardan biridir. Yurtimizda jamiyatni tubdan yangi asosda qurish va uni har tomonlama rivojlantirish, xalqning dunyoqarashi va shu bilan birgalikda maʼnaviyati …

Batafsil

SAʼDUDDIN TAFTAZONIY “SHARH AL-AQOID” ASARINING YOZILISH TARIXI VA IJTIMOIY ZARURATI

Bugungi dunyo ilmiy jamoatchiligi eʼtirof etayotgan asosiy ijtimoiy voqeliklardan biri ilm-fan va islom dini tamadduniga oʻzlarining betakror hissasini qoʻshgan Markaziy Osiyolik olimu mutafakkirlarning maʼnaviy merosidir. “Maʼlumki, qadimiy madaniyat va sivilizatsiyalar chorrahasi boʻlgan yurtimiz zaminidan oʻrta asrlarda minglab olimu ulamolar, buyuk mutafakkir va shoirlar, aziz avliyolar yetishib chiqqan”[1]. Markaziy Osiyolik olimlar …

Batafsil

ALLOMANING ONASI

Islom dinida farzand tarbiyasi ibodat darajasidagi amallar qatoriga kiradi. Shu sababli donishmand ota-bobolarimiz, oqila onalarimiz farzand tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan. Tarixga nazar tashlasak, bunga juda koʻp misollarni koʻramiz. Jumladan, muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning buyuk olim boʻlib yetishishida ota-onasining ulkan xizmatlari, uzoq yillik mashaqqatlari mujassamdir. Imom Buxoriyning otasi Ismoil ibn Ibrohim …

Batafsil

TASAVVUFDA BAHOUDDIN NAQSHBANDNING ISLOHOTCHILIK FAOLIYATI

Oʻn ikkinchi va oʻn beshinchi asrlarda Oʻrta Osiyo xalqlari orasidan Sharq irfoniy tafakkuri taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan bir tizim mutafakkir mutasavviflar yetishib chiqdi. Bu davrlarda Movarounnahr va Xurosonda tasavvufning yassaviya, kubraviya, qodiriya va, ayniqsa naqshbandiya tariqati maʼnaviy hayotda muhim rol oʻynaganligi tarixdan maʼlum. Islomiy ahkomlar oʻchogʻi Buxorodan yetishib chiqqan Bahouddin …

Batafsil

“TЕMUR TUZUKLARI”: ODILLIK VA ADOLAT, HUQUQ VA MAʼNAVIYAT

Tuzuk nima? “Tuzuk” soʻzining lugʻaviy maʼnosi qonun-qoidalar toʻplami, nizom, degan maʼnolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, tuzuk — konstitutsiya (lotincha “Constitution” — tuzilish, tuzuk), yaʼni davlatning Asosiy qonuni. Shu maʼnoda “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlib, Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga shariat qonunlari …

Batafsil

Tarovih namozi qanday oʻqiladi?

Xabaringiz bor, 1 apreldan boshlab tarovih namozi oʻqilmoqda. Tarovih namozi qanday namoz va uning oʻqilish tartibi qanday? Tarovih – istirohat maʼnosidagi “tarviha” soʻzining koʻpligidir. Toʻrt rakat oʻqib, ortidan dam olingani uchun bu namoz shunday nomlangan. Ramazon oyi fazilatlarga boydir. Uning fazilatlaridan biri oy davomida xufton namozidan keyin tarovih namozi oʻqishdir. …

Batafsil

BAGʻRIKЕNGLIK VA TINCHLIK – TARAQQIYOT VA FAROVONLIK OMILI

Maʼlumki, Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega boʻlgan, xilma-xil dinlarga eʼtiqod qiluvchi, bir-biriga oʻxshash boʻlmagan koʻplab xalqlar yashab kelayotgan mintaqadir. Oʻzbekiston hududi jugʻrofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yoʻllari chorrahasida joylashgani, bu zamindagi saltanatlar koʻplab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani mahalliy xalqlarning diniy …

Batafsil