Home / MAQOLALAR (page 4)

MAQOLALAR

“AL-VALO” VA “AL-BARO” TUSHUNCHALARIGA TOʻGʻRI VA NOTOʻGʻRI YONDASHUVLAR

“Valo” soʻzi zohiran va botinan doʻstlashish, yordam berish, yaxshi koʻrish, hurmat-ehtirom koʻrsatish va yaxshi koʻrganlari bilan birga boʻlishni anglatadi. Alloh taolo bunday deydi: [اللَّهُ وَلِيُّ الَّذِينَ آمَنُوا يُخْرِجُهُم مِّنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا أَوْلِيَاؤُهُمُ الطَّاغُوتُ يُخْرِجُونَهُم مِّنَ النُّورِ إِلَى الظُّلُمَاتِ] “Alloh iymon keltirganlarning doʻstidir. Ularni zulmatdan nurga chiqaradi. Kofirlarning …

Batafsil

MISRDAGI IKKINCHI TURKIY SULOLA – IXSHIDIYLAR HAQIDA

Bir necha asr davom etgan xalifalik tuzumiga oid maʼlumotlar ichida  turkiy sulolalar haqida qator maʼlumotlar ham uchraydi. IX asr boshlaridan Abbosiylar xalifaligidan ajralib chiqishga intilgan qator davlatlar yuzaga keldi. Mazkur jarayon xalifalikning zaiflashishiga sabab boʻlgan. IX asr boshlarida Shimoliy Afrika, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining mustaqil davlat tashkil etishga urinishi …

Batafsil

OʻZBEKISTON ZIYORATGOHLARI TARIXIGA NAZAR: “SHOH MANSUR VA SHOH NOSIR” ZIYORATGOHLARI

Qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, ajdodlarimizning jahon madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasi hozirgi kunda ham turmushimizning barcha jabhalariga sezilarli taʼsir oʻtkazmoqda. Oʻzbek xalqi Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari singari juda boy madaniy merosga egadir. Oʻzbek xalqi boy maʼnaviy merosining ajralmas tarkibiy qismi albatta islom taʼlimoti bilan bevosita bogʻliq. Bugun iftixor bilan ayta olamizki, …

Batafsil

AVLIYOLARGA TOSH OTISH – ALLOH URUSH EʼLON QILGAN KIMSALAR TOMONIGA OʻTISHDIR (2-qism)

Ahmad Yassaviy hazratlari (qaddasa Allohu sirrahu)ni ayblash uchun aytilgan bu soʻzlarning asossiz va islom diniga zid ekaniga yana bir dalil: Alloh taologa qurbat hosil qilish uchun masjidlarda “eʼtikof” oʻtirish Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan sunnat  boʻlib qolgan amal ekanidir. Keyinchalik jome masjidlar yonidan eʼtikof oʻtirish uchun alohida qilib chillaxonalar qurilgan. Tabiiyki …

Batafsil

AVLIYOLARGA TOSH OTISH – ALLOH URUSH EʼLON QILGAN KIMSALAR TOMONIGA OʻTISHDIR (1-qism)

Islom taʼlimotida Alloh taologa ixlos bilan ibodat qiladigan, gunohdan saqlanib, dinini, jamoatni va ilmni himoya qiladigan solih bandalariga “avliyo” deb ataladi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim kimsalar avliyolar haqida asossiz gaplar tarqatmoqda. Jumladan, Sodiq Samarqandiy: “U (Ahmad Yassaviy) gʻorga kirib ketdi deganini biz maqtov deb tushunar edik. “Besh yoshimdan belim …

Batafsil

313 ta hayotiy ziynat qoida (3-qism)

313 ta hayotiy ZIYNAT qoidani ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar: 201)          Sevimli kasb – mehnatning ziynati. 202)          Qaygʻu – sabr va sinovning ziynati. 203)          Xursand yuz – doʻstlik alomatining ziynati. 204)          Xatolardan saboq olish – tajribaning ziynati. 205)          Inoyat – taqdirning ziynati. 206)          Yoshlik – umidning ziynati. 207)          Keksalik – hayot maktabining ziynati. 208)          Kechirimlilik – bagʻrikenglikning ziynati. 209)          Tozalik – ruhiy …

Batafsil

MARKAZIY OSIYO HUDUDIDA FAOLIYAT YURITGAN MUHRKANLARGA OID AYRIM MAʼLUMOTLAR

XX asrga kelib islom sanʼatiga oid tadqiqotlar jadal rivojlanganiga qaramasdan, muhrlar borasida izlanishlar juda ozdir. Ehtimol, yozma manbalar muhrlarga qaraganda koʻproq maʼlumot bergani bunga asosiy sababdir. Bunday sabablardan yana biri – bu muhrlarning bugungi kungacha yetib kelmagani va uning egalari haqidagi maʼlumotlarning kamligidir. Shu oʻrinda muhrga ega boʻlish hamma vaqt …

Batafsil

OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH

بسم الله الرحمن الرحيم ١ – بَابُ [ما جاء في] قَوْلِهِ تَعَالَى: {وَوَصَّيْنَا الإِنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ حُسْنًا}  ALLOH TAOLONING: “BIZ INSONGA OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISHNI BUYURDIK”, DEGAN SOʻZI HAQIDAGI BOB  ١ – حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ، قَالَ: حَدَّثَنَا شُعْبَةُ, قَالَ: الْوَلِيدُ بْنُ الْعَيْزَارِ أَخْبَرَنِي, قَالَ: سَمِعْتُ أَبَا عَمْرٍو الشَّيْبَانِيَّ يَقُولُ: حَدَّثَنَا صَاحِبُ هَذِهِ الدَّارِ، وَأَشار بِيَدِهِ إِلَى دَارِ …

Batafsil

KUN BOʻYI ISHLASH ZAMONAVIY QULLIKMI?!

Inson sabablar dunyosida yaratilgan. Shuning uchun rizqini haloldan topishi, maishiy ehtiyojlarini qondirishi uchun mehnat qilishi zarur. Bu inkor qilib boʻlmas haqiqat. Islomda ishlash faqat pul topish va oilasini boqish degani emas. Balki u ibodat darajasidagi amaldir. Islomda ibodat tushunchasi keng boʻlib, u barcha farz amallarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, oilasi …

Batafsil

IKKI KALLA BIR QOZONDA QAYNAMAYDIMI!?

Hozirgi globallashuv jarayonida tinchlik dini – islomni insonlarga notoʻgʻri talqin qilayotgan guruhlar unga tuhmat toshlari otilishiga sababchi boʻlmoqda. Din niqobi ostida faoliyat yuritayotgan oqimlar, partiya va tashkilotlar muqaddas dinimiz va milliy qadriyatlarimizga katta zarar keltirmoqda. Shu va boshqa koʻplab omillar islom haqida qoʻporuvchilik bilan bogʻliq notoʻgʻri tushunchalarni shakllantirdi. Baʼzi guruhlar …

Batafsil