Home / YANGI NASHRLAR

YANGI NASHRLAR

“MUSNADI SHOSHIY” saylanma hadislar kitobi nashrdan chiqdi

📚 Kitob nomi: “MUSNADI SHOSHIY” 👤Muallif: Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiy ✅️Ushbu kitobda Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning “Musnad”idan bugungi kunda eng dolzarb boʻlgan ijtimoiy-axloqiy koʻrsatmalar, sharʼiy masalalarda ilmsizlik va johillik bilan fatvo bermaslik, shariat ilmini egallagan kishilar fatvo masalasida juda ehtiyot boʻlishga chaqirilgani, moʻmin kishi oʻzi uchun …

Batafsil

“TAFSIRI SAMARQANDIY” kitobi nashrdan chiqdi

📚 Kitob nomi: “TAFSIRI SAMARQANDIY” 👤Muallif: Imom Abu Lays Samarqandiy ✅️Ushbu asar Imom Abu Lays Samarqandiy qalamiga mansub boʻlib, nodir tafsir kitoblaridan biridir. Unda muallif Qurʼoni karimning fazilati va tafsiri haqida qisqacha toʻxtalib, aqida va fiqhga oid oyatlarni hanafiy mazhabining qarashlari asosida tafsir qilingan va hadislar, sahoba va tobeinlardan bayon …

Batafsil

Muhim mavzularda risolalar bosmadan chiqdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan jamiyatimiz uchun dolzarb boʻlgan qator mavzularni qamrab olgan yangi risola va bukletlar nashr etildi. Islom dinining asl mohiyatini ochib beradigan, milliy qadriyatlarimiz nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu nashrlar keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. Samarqand viloyati hokimligi koʻmagida chop etilgan risolalarning har birida muhim …

Batafsil

“KITOBUZ ZUAFO AS-SAGʻIR”

📚 Kitob nomi: “KITOBUZ ZUAFO AS-SAGʻIR” (“Zaif roviylar haqida kichik kitob”) 👤Muallif: Imom Buxoriy ✅️Imom Buxoriyning “Kitobuz zuafo as-sagʻir” (“Zaif roviylar haqida kichik kitob”) asari darajasi zaif deb topilgan roviylarni aniqlash, ummatni bunday hadislardan hukm olishdan asrash maqsadida yozilgan ilk kitobdir. Asar “Kitobuz zuafo val matrukin” (“Zaif va tark qilingan …

Batafsil

Imom Buxoriy asarlari mukammal oʻrganilib, targʻib etilmoqda

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Imom Buxoriyning “Kitobuz zuafois sagʻir” (Zaif roviylar haqida kichik kitob) asari ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilinishi yuzasidan brifing oʻtkazildi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov ushbu mavzu yuzasidan batafsil maʼlumot berdi. Taʼkidlanganidek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …

Batafsil

XALQU AFʼOLIL IBOD

📚 Kitob nomi: XALQU AFʼOLIL IBOD 👤 Muallif: Imom Buxoriy ✅️Ushbu kitob Imom Buxoriyning “Xalqu afʼolil ibod” (“Bandalarning amallarini Alloh yaratishi”) asari tarjimasi va sharhidir. Kitobda Alloh taoloning kalom sifati borligi va bu borada ulamolarning qarashlari, “Qurʼon maxluqdir” degan fikrdagilarning botil daʼvolariga ilmiy raddiyalar berilgan boʻlib, 663 ta hadis va …

Batafsil

Islohotlar – soha rivojining asosi

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida 17-may kuni islom dinining Hanafiy-Moturidiy talqiniga bagʻishlangan xalqaro simpozium boshlandi. Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti shafeʼligida oʻtkazilayotgan ikki kunlik anjumanda mezbon davlatdan tashqari Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Afgʻoniston, Indoneziya va yurtimiz vakillari qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ham ishtirok etmoqda. Ellikdan ziyod islomshunos olim, …

Batafsil

IMOM BUXORIYNING «BIRRUL VOLIDAYN» (OTA-ONAGA YAXSHILIK QILISH) ASARI OʻZBEK TILIGA TARJIMA QILINDI

✅️ Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning “Birrul volidayn” asari­da amallarning afzali – ota-onaga yaxshilik qilish ekani, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob boʻlishi va silai rahm fazilati kabi mavzulardagi 75 ta hadis jamlangan. ✍️ Tarjima va izohlar muallifi: ALOUDDIN HOFIY 📝 Hajmi: 116 bet 📏 Bichimi: 84×108 1/32 📚 Muqovasi: Qattiq …

Batafsil