Home / FOTO LAVHALAR / Markaz kutubxonasi yana bir nodir qoʻlyozma nusxasi hisobiga boyidi

Markaz kutubxonasi yana bir nodir qoʻlyozma nusxasi hisobiga boyidi

Ezgu niyatlar bilan barpo etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxonasi fondi kundan-kunga boyib bormoqda. Yaqinda Turkiyaning “Turk dunyosi” parlament jamgʻarmasi direktorlar kengashi raisi, doktor Abdullo Chalishkan rahbarligidagi delegatsiyaning Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi davomida mehmonlar markaz muzeyidagi nodir buyumlar va qoʻlyozma nusxalari bilan yaqindan tanishish barobarida markaz kutubxonasiga ulugʻ bobokalonimiz, butun islom ummati va xalqimizning faxri Imom Buxoriy hazratlari tomonidan jamlangan hadislarning 8 jildlik faksimile nusxasini hadya qilishdi. Qoʻlyozmaning asl nusxasi XVII asrda xattot Hasan Rizo tomonidan koʻchirilgan boʻlib, bugungi kunda Turkiyadagi Toʻp Qopi saroy muzeyida 39-raqam ostida saqlanadi.

Ayni paytda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxona fondida turli tillardagi kitoblardan tashqari tasavvuf, hadis, tafsir va Qurʼoni karim oyatlariga oid 31 nomdagi qoʻlyozmalarning faksimile nusxalari soni 56 tani tashkil etdi.

Halimova Dildora,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kutubxona mudirasi

Check Also

«OʻRTA OSIYO QOʻLYOZMALARI KODIKOLOGIYASI ELEMENTLARI»

 1-2-may, 2024-yil soat 10:00 da 📍 Oʻtkazish joyi: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot …