Home / YANGILIKLAR / Navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz

Navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Igʻdir universiteti bilan hamkorlikda “Imom Moturidiyning moʻtaziliya maktabiga raddiyalari” mavzuida ilmiy-amaliy seminar oʻtkaziladi.

Unda Turkiyaning Igʻdir universitetining ilohiyot fakulteti oʻqituvchisi, dotsent Yulduzbek Musaxanovning shu nomdagi maʼruzasi tinglanadi.

Seminar joriy yilning 15 sentabr kuni Oʻzbekiston vaqti bilan soat 15.00 da boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkor tashkilotlar, yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari va tadqiqotchilarni onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan mazkur seminarga taklif etadi.

Seminarda quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.

https://us05web.zoom.us/j/8363065391?pwd=dm8yZTFwMk1STkF5SHdSNHdRN0xiZz09

Seminar identifikatori: 836 306 5391

Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmat

Check Also

Markaz olimi – yirik anjumanda

Bugun, 24-aprel kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida “Islom dini asl manbalarini talqin qilishdagi …