Home / XALQARO YANGILIKLAR / Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasi bilan hamkorlik qiladi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasi bilan hamkorlik qiladi

25-26 fevral kunlari Samarqand shahrining Registon maydonidagi Ulugʻbek madrasasida Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasi tomonidan Oʻzbekiston va Germaniya olimlarining “Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquq va jamiyat: Asosiy masalalar – din – dunyoqarash – huquqiy madaniyat” mavzuidagi xalqaro fanlararo ilmiy-amaliy simpoziumi tashkil etildi.

Anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov “Oʻzbekiston – maʼrifiy islomning markazi sifatida” mavzuidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Forum doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Konrad Adenauer jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida ikki tomonlama oʻzaro manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish maqsadida hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi.

Markaz direktori Sh.Ziyodov va Konrad Adenauer jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ronni Xaynening uchrashuvida kelgusida hamkorlikda milliy va xalqaro miqyosda turli ilmiy-amaliy tadbir va anjumanlar tashkil qilish, Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasida olimlar va tadqiqotchilarning tajriba almashuvi va malakasini oshirish borasida ilmiy aloqalarni rivojlantirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …