Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Sizni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda 2020 yil dekabr oyidan 2021 yil mart oyiga qadar davom etadigan “ZARAFSHON  VOHASI TARIXI VA MADANIYATI” mavzusi doirasida bir qator rejalashtirilgan onlayn-seminarlarga taklif etamiz.

Navbatdagi Seminar 2021 yil 2 mart, Oʻzbekiston vaqti bilan soat 17:00da boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori   Ilhom Bekmirzayev “XI-XIII asrlarda Buxoroning  ijtimoiy va madaniy hayotida Banu Moza (Oli Moza) faqihlarining tutgan oʻrni”  mavzuida maʼruza qiladi.

Onlayn seminarda quyidagi  ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …