Home / ALLOMALAR

ALLOMALAR

MIYONQOL ROVIYLARI

Zarafshon daryosi oʻrta oqimida Oqdaryo va Qoradaryoga ajralib, quyi oqimida yana birlashgan. Oʻrta asrga oid yozma manbalarda bu ikki daryo oraligʻidagi yerlar Miyonqol deb atalgan. Amir Temur va temuriylar, undan keyingi davrlarda Miyonqol hududi “Sugʻudi Xurd” – “Kichik Sugʻd” yoki “Yarim Sugʻd”, Oqdaryo shimolidagi yerlar, to Nurota togʻ tizmalarigacha boʻlgan …

Batafsil

ARBINJON VA UNGA YONDOSH QISHLOQLARDAN CHIQQAN ROVIYLAR

Arbinjon shahri tarixda “Arbinjon”, “Arbinjoni”, “Arbinj”, “Rabinjon” va “Arabnajn” nomlari bilan atalgan[1]. Aksar arab manbalarida “أَرْبِنْجَن” –“Arbinjon” shaklida kelgan[2]. Oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdini Buxoro Sugʻdidan Arbinjon va Karmana shaharlaridan Buttamongacha boʻlgan hudud ajratib turgan. Samarqandning Buxoroga yaqin yerlarida Ishtixon, Kushoniya, Dabusiya va Arbinjon joylashgan. Ishtixon va Kushoniya Qoradaryoning shimolida, Dabusiya …

Batafsil

MAVLONO YUSUF – BOBUR MIRZONING XOS TABIBI

Mavlono Yusuf Xurosonning Hirot yaqinidagi Havof (Haf) shahrida tabib oilasida tugʻilgan. Toʻliq ismi – Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Tabib Hiraviy. Otasi hirotlik mashhur tabib Muhammad ibn Yusuf boʻlib, ismiga Tabib, Hiraviy, Xurosoniy, Mahalliy nisbalari qoʻshib aytilgan. Mavlono Yusuf dastlabki taʼlimni otasidan olgan. Keyin hirotlik olimlar qoʻlida oʻqigan. Otasidan tabobatni …

Batafsil

ABU BAKR AHAVAYNIY – MOHIR JARROH VA FAYLASUF

Abu Bakr Ahavayniy – Somoniylar davrida yashagan faylasuf va tibbiyot olimi. Buxoroda tabiblar oilasida tugʻilgan. Farorudiydagi (Movarounnahrning qadimgi shaharlaridan biri) mashhur hakimning nabirasi boʻlgan. Toʻliq ismi Abu Bakr Rabiʼ ibn Ahmad Ahavayniy Buxoriy. Abu Hakim, Abu Bakr nomlari bilan mashhur boʻlgan. Alloma baʼzi manbalarda “Ajviniy” nisbasi bilan ham kelgan. Yoshligidan tib, mantiq …

Batafsil

ALI SHOH BUXORIYNI TANIYSIZMI?!

Ali Shoh Buxoriy — Elxoniylar (XIII-XIV asrlarda Erondagi moʻgʻul hukmdorlari unvoni boʻlib, Sulton Mahmud Gʻozon (Qozon) Xulaku Eron va Iroqda asos solgan Xulagiylar (Elxoniylar) davlati[1]) hukmronligi davrida yashagan astronom. U 1226 yil Buxoroda ziyoli, tujjor oilada tugʻilgan. Toʻliq ismi— Ali Shoh Muhammad ibn Qosim Buxoriy. Oʻzi “Alouddin” yoki “Aʼloul Munajjimin” nomlari bilan …

Batafsil

BUXORODAGI ILK ZULLISONAYN IJODKOR

Samarqand XIV-XV asrlarda nafaqat diniy-dunyoviy bilimlar rivojlangan markaz, balki oʻziga xos adabiy muhitga ega maskan boʻlgan. Temuriylar davrida Isomiy, Bisotiy, Kamol Xoʻjandiy, Xoja Ismat Buxoriy, Barandaq Xoʻjandiy kabi shoirlar Samarqandda yashagan va ijod qilgan. Ular nazm, nasr, hajv janrlari rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan. Ushbu maqolada oʻsha ajdodlarimizdan biri – Xalil …

Batafsil

BIZ BILMAGAN FAQIH ALLOMA

XI-XII asrlarda Qoraxoniylar davrida Farjak, Tamgʻachxon, Abu Hafs Kabir Buxoriy madrasalaridagi ilmiy muhit Movarounnahrni ilm-fan rivojlangan markazga aylantirishda muhim oʻrin tutgan. Bu hududlarda samarqandiy, vazoriy, kushmihoniy, buxoriy, ishtixoniy, keshiy, maymurgʻiy kabi turli nisbalarga ega boʻlgan olimlar yashagan. Shunday ulamolardan biri faqih Zahiriddin Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Umardir. Dastlabki …

Batafsil

TAʼRIFI “HAYRATUL ABROR” GA KIRGAN ALLOMA

Mamlakatimizda ulugʻ allomalarimiz hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq etish va ommaga keng targʻib qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham ushbu imkoniyatdan foydalangan holda koʻplab eʼtiborga molik ishlarni amalga oshiryapdi.  Markaz qoʻlyozmalar fondi yildan yilga noyob asarlar bilan boyib bormoqda. Unda nafaqat diniy-maʼrifiy, balki badiiy adabiyotga …

Batafsil

ABU HASAN SAGʻONIY ILMIY FAOLIYATI (“SAHIHUL BUXORIY”NING “BAGʻDODIY” NUSXASI KODIKOLOGIK TAVSIFI)(3-qism)

Abu Hasan Sagʻoniy “Sahihul Buxoriy” nusxasini koʻchirgan payti doim tahoratli, roʻzador holda boʻlgan. U har bir hadisni kiritganidan keyin ikki rakat shukr namozini ado qilib, Allohdan diniy va dunyoviy ishlari uchun panoh soʻragan. Keyin Qurʼoni karimdan oʻn oyat tilovat qilib, Paygʻambar alayhissalomga oʻn marta yoki undan koʻp salovat aytgan. Shundan …

Batafsil

IMOM BUXORIYNING MAZHABI TOʻGʻRISIDA ULAMOLAR NIMA DЕYDI? (2-qism)

Darhaqiqat, Imom Buxoriy hadis, fiqh va aqida ilmida ulamolar, ustoz hamda shogirdlari oʻrtasida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan. Yaʼqub ibn Ibrohim Davraqiy va Naim ibn Hammodlarning aytishicha, Muhammad ibn Ismoil “bu ummatning tengi yoʻq faqihidir”. Imom Buxoriy qachon Basraga kelsa, Muhammad ibn Bashshor: “bugun shahrimizga faqihlarning sayyidi keldi” deb qarshi …

Batafsil